Verum Law Firm va Japan Capital uchrashuvi: O‘zbekiston–Yaponiya investitsion hamkorligining yangi ufqlari
Verum Law Firm va Japan Capital uchrashuvi: O‘zbekiston–Yaponiya investitsion hamkorligining yangi ufqlari
Toshkent, 2025-yil 16-may
O‘zbekistonning iqtisodiy liberallashuvi va investitsiyaviy ochiqligi chuqurlashib borayotgan bir paytda, Verum Law Firm yaponiyalik investitsiya kompaniyasi Japan Capital vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv yapon investorlar va o‘zbek yuridik maslahatchilari o‘rtasida barqaror biznes muloqotini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Verum tomonidan uchrashuvda Jahongir Mutalibov, Mohinur Кambarova va Shohjahon Shomurodov ishtirok etishdi — xorijiy investitsiyalarni yuridik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tijorat bitimlari va qurilish hamda infratuzilma sohalaridagi huquqiy tahlil bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar.
Tomonlar Yaponiyadan O‘zbekistonga investitsiya kiritishning amaliy jihatlarini, kapitalni himoya qilish mexanizmlarini va qo‘shma korxonalar tuzish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ayniqsa, Dilshod Zufarov tomonidan ilgari surilgan ECOTHLON tashabbusi doirasida sport va madaniy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Verum Law Firm xalqaro loyihalarni sifatli huquqiy qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi va O‘zbekistonni istiqbolli investitsion yurisdiksiya sifatida tanlagan Japan Capital kompaniyasiga minnatdorchilik bildiradi.