Ayrim ta’lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

Asosiy Ayrim ta’lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

Ayrim ta’lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

 Hukumat qarori bilan (8-son, 11.01.2025 y.) Vazirlar Mahkamasining qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga (https://lex.uz/docs/2948634) quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

 - umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;

 - “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali ta’lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;

 - ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;

 - respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.

 

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

 - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan;

 - umumiy ovqatlanish bo‘yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;

 - oshxona faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha maxsus jihozlarga ega bo‘lgan;

 - shartnoma va sud hujjatlari bo‘yicha zimmasida ijara hamda soliq to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan.