2025-yil 1-iyundan boshlab. “Oltin viza

Asosiy 2025-yil 1-iyundan boshlab. “Oltin viza

2025-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun “oltin vizalar” dasturi joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-apreldagi farmoniga asosan
(“Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” VII. Investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘limi)

2025-yil 1-iyundan boshlab davlat budjetiga qaytarib olinmaydigan to‘lov asosida besh yillik yashash guvohnomasini (VNZH) olishning yangi mexanizmi kuchga kiradi.

Majburiy to‘lov miqdori:

  • Asosiy arizachi uchun — 250 000 AQSH dollari,

  • Har bir oila a’zosi uchun — 150 000 AQSH dollari.

Birgalikdagi rezidentlik arizasiga quyidagi qarindoshlar kiritilishi mumkin:

  • turmush o‘rtog‘i,

  • farzandlari,

  • ota-onasi.